Oʻzbekistonning toʻrt viloyatida sel-suvtoshqin hodisalari kuzatilishi mumkin

Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlaritoʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suvbosishiga olib kelishi mumkin

11 va 13-14-oktyabr kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suvtoshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

Jumladan, quyidagi hududlarda sel xavfi bor:

- Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida vaAngren, Olmaliq shaharlarida;

- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;

- Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;

- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suvtoshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

“Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchifuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli xududlardaharakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlikchoralarini koʻrishlarini soʻraymiz. Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlaritoʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suvbosishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling