Andijonda 4 kishi is gazidan zaharlanishi oqibatida vafot etdi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida 4 kishi is gazidan zaharlanishi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda Repost.uzʼga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 22-oktyabr kuni soat taxminan 09:30 larda Jalaquduq tumanidagi xonadonda yashovchi xonadon aʼzolari uxlab yotgan vaqtida xonada boʻlgan nosoz isitish moslamasi (kotyol)dan sizib chiqqan is gazidan zaharlangan.

Oqibatda 4 nafar fuqaro yashash xonadonida vafot etgan. 

Qolgan xonadon vakillari esa tuman shoshilinch tibbiy yordam boʻlimiga olib kelinib, yordam koʻrsatilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling