Toshkent shahar IIBB firibgarlar tomonidan Telegram orqali firibgarlikning yangi koʻrinishi avj olayotganidan ogohlantirdi.
Maʼlum qilinishicha, yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda masʼul xodimlari nomidan sohta profillar yaratilib, qoʻl ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda.
Firibgarlar korxona yoki tashklot rahbari nomidan telegram messenjerida sohta akkaunt ochib qoʻl ostidagi ishchilardan biriga SMS yozadi. Muloqot davomida xodim bilan guyoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) baʼzi maʼlumotlarni soʻrashganini aytadi. Birozdan soʻng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini maʼlum qiladi.
Firibgarning, yaʼni “oʻz rahbarini” gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan soʻng u bilan aloqaga chiqqan shaxsga (goʻyoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili) soʻragan barcha maʼlumotlarini berib yuboradi. Buning oqibatida firibgarlar tuzogʻiga ilingan ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi pul mablagʻlaridan ayrilib qolmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling“Ogoh boʻling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qoʻngʻiroq qilib yoki shaxsan xabar yuborgan shaxsga aloqaga chiqib, xabarni qayta tekshirib koʻring! Hurmatli fuqarolar agar Siz shu kabi holatlarga duch kelgan boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-55-00 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi maʼlumotda.