Toshkentda sodir boʻlgan yana bir YTH oqibatida 3 kishi jarohatlandi

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

19-oktabr kuni soat 00:30 larda Chilonzor tumani Muqimiy-Chilonzor koʻchalari chorrahasida haydovchi 2001-yilda tugʻilgan A.J. boshqaruvida boʻlgan Nexia-3 rusumli transport vositasi va  haydovchi 1998-yilda tugʻilgan A.K. boshqaruvida boʻlgan Spark rusumli transport vositalari toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan.

YTH natijasida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi va yoʻlovchisi 2001-yilda tugʻilgan T.B. hamda Spark rusumli avtomashina haydovchisiga birinchi yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB maʼsul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling