Samarqand viloyatining Qoʻshrabot tumanida koʻngilsiz hodisa yuz berdi: gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 aʼzosi vafot etdi, deb xabar bermoqda Kun.uz.
Hodisa bugun soat 6:30lar atrofida tuman markazidagi Mustaqillik mahallasida, ikki qavatli uyning 2-qavatidagi xonadonlardan birida sodir boʻlgan. Dastlabki taxminlarga koʻra, portlashga xonadonda gaz toʻplanib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab boʻlgan.
Portlash oqibatida R.S., M.S. hamda ularning farzandlari F.X. va D.X. voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling