Sharifbek Hasanov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Sharifbek Hasanov 1990-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 2013-yilda Buyuk Britaniyaning Kardiff Metropolitan universiteti (bakalavr), 2015-yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universiteti (magistratura)ni tamomlagan.
Tayinlovga qadar Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda turli davlat boshqaruv organlarida faoliyat yuritgan.