Toshkentda elektrosamokatlar yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Toshkent shahrining Mirobod tumani, Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 25-uy oldida 30-may kuni soat 08:03 da elektrosamokatlar yonib ketdi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 08:07 da yetib borib, yong‘in soat 08:09 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling