Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkent viloyati yuk mashinasi yonib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqdagi xabar 11-dekabr kuni soat 09:08 da viloyat FVBga kelib tushdi.

Tumanning "X.Iqbol” MFY hududi Markaziy shoh 3-tor koʻchasida turgan Man yuk mashinasida yongʻin sodir boʻlgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan yongʻin joyiga 3 ta yongʻin oʻchirish ekipajlari jalb qilingan. Ekipajlar yongʻin joyiga soat 09:17 da yetib borib, yongʻin soat 10:05 da toʻliq oʻchirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling