Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularning ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida qarori qabul qilindi.
Bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi:
• pensiyalarni tayinlash va toʻlash tartib-taomillarini raqamlashtirish hisobiga ortiqcha byurokratik yukni bartaraf etish;
• pensiya tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qogʻoz maʼlumotnomani berish bekor qilinishi munosabati bilan maʼlumotlarni maxsus axborot tizimi orqali elektron tarzda shakllantirish;
• tovar va xizmatlar isteʼmol narxlari indeksi darajasini hisobga olgan holda pensiyalarni indeksatsiya qilish;
• maʼmuriy islohot asosida vazirlik va idoralar nomlari hamda majburiyatlariga oʻzgartirishlar kiritish.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling