Prezidentning “Navoiy davlat universitetini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universiteti tashkil etiladi. Endi Navoiy davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan barcha talabalar oʻqishlarini universitetda davom ettiradi hamda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab bitiruvchi kurs talabalariga universitet diplomi beriladi.
Universitetda 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:
- hududiy rivojlanish dasturlariga muvofiq ehtiyoj yuqori boʻlgan aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, iqtisodiyot, biznes va turizm, investitsiyalarni boshqarish, qishloq xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, logistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
- dars mashgʻulotlarini amaliyot bilan birga tashkil etish maqsadida tegishli yoʻnalishlar boʻyicha taʼlim jarayoni dual taʼlim shaklida yoʻlga qoʻyilib, korxona va tashkilotlarda kafedra filiallari tashkil etiladi hamda taʼlim jarayoniga uzoq yillik mehnat tajribasiga ega amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi;
- yangi tashkil etilgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar boʻyicha xorijiy davlatlar va respublikadagi yetakchi oliy taʼlim tashkilotlari bilan ikkita diplom berishga asoslangan qoʻshma taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi;
- alohida guruhlarda bakalavriat va magistratura bosqichlarida taʼlim jarayoni xorijiy tillarda tashkil etiladi hamda taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazishga tayyorlanadi.
2025-yil 1-fevralga qadar xorijiy talabalarni jalb etish maqsadida “Study in Uzbekistan” platformasida eniversitet boʻlimi tashkil etiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling