Italiya Kubogining 1/8 finali doirasida “Roma” — “Sampdoriya” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Ushbu oʻyinda rimliklar 4 ta gol urib, chorak finalga yoʻl oldi.
“Roma” safida Oʻzbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi. Oradan hech qancha vaqt oʻtmasdan esa boshi bilan gol urdi.
Endi 1/4 finalda “Roma” “Milan” mehmoni boʻladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling