Qashqadaryo viloyati, Nishon tuman, “Samarqand” MFY hududidan oʻtuvchi 4R-89 “Qarshi-Nishon-Tallimarjon-Gres avtomobil yoʻlining 30 kilometrida 14 oktyab kuni soat 18:20larda YTH sodir boʻldi.
Haydovchi Q.B. boshqaruvidagi boʻlgan Nexia-1 avtomashinasi bilan “Qarshi-Gres” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib kelayotib, quvib oʻtish qoidalarini buzib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi, R.I. boshqaruvidagi Gentra avtomobili harakat yoʻliga chiqib ketib toʻqnashgan.
Natijada Nexia-1 haydovchisi tan jarohati olib vafot etgan. Barcha yoʻlovchilar esa tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling