27 dekabr tongda Toshkent havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 2-o‘rinni egallagandi. Soat 9:30 holatiga ushbu ko‘rsatkich 8-o‘ringa tushdi.
![](/storage/uploads/thumbnails/27740-1735273493-ogabek-post-material-large.webp)
IQAir portaliga ko‘ra, soat 8:00 da Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 212 mkg/m3 ni tashkil etgan – bu “o‘ta zararli” tasnifdagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Reytingda 1-o‘rinni Pokistonning Lahor shahri egallab turibdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2,5 dispers zarralaridir.