Toshkentda fuqaro avtokreditga olingan mashinani sotib yubordi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Toshkent shahrining Mirobod tumanida fuqaro E.M. (muqaddam sudlangan) va boshqalar oʻzaro til biriktirib, tijorat banki filialidan fuqaro Sh.Yu.ga avtomashina sotib olish uchun ajratilgan kredit mablagʻiga xarid qilingan “Lixiang L9” mashinasinni garovga taqdim etmagan.

Soʻng fuqaro A.A.ga naqd pulga sotib yuborib, bank manfaatlariga 585,2 mln soʻm zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib,tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling