Toshkent shahrida oktyabr oyining 10 kuni davomida giyohvandlik vositalarini yashirish yoʻli bilan (“zakladka”) tarqatuvchi 32 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Ularning yonidan va yashirgan joylaridan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.
Barcha holatlar yuzasidan Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish”) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling