Toshkentning Shayxontohur tumanida joylashgan Tashkent city bog‘ida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan 2024-yil 25-dekabrdan 2025-yil 10 yanvariga qadar transport vositalarining harakatlanishiga cheklov kiritiladi.
Shu munosabat bilan haydovchilardan yondosh ko‘chalardan harakatlanish so‘ralgan.
Shuningdek “Tashkent city” bog‘ida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlariga tashrif buyurish istagida bo‘lgan fuqarolar
- Islom Karimov ko‘chasi orqali SQB va Asaka banklari yerosti avtoturarhohlariga
- Furqat ko‘chasi orqali “Boulevard” aholi turar joy kompleksining yer osti turargohiga
- Botir Zokirov va Zargar ko‘chalari orqali Tashkent City Mall ko‘ngil ochar savdo majmuasining yer osti avtoturargohiga
o‘z avtomashinalarini saqlashi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling