Andijon viloyati, Asaka tumani “Nurafshon” mahallasida joylashgan uylarning birida 31-oktyabr kuni soat 17:33 da 2023-yilda tugʻilgan qiz nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan qizaloqni olib chiqib, hayotini saqlab qoldi.
Shundan soʻng malakali tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxona yuborilgan.
Hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi va shifokorlar nazoratida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling