Fargʻona viloyati, Toshloq tumani “Naymanboʻston” MFYda yashovchi fuqaroning boshqaruvida boʻlgan Damas avtomobili 19-oktyabr kuni 17:07 da ehtiyotsizlik oqibatida Fargʻona kanaliga tushib ketganligi haqida FVBga xabar tushgan.
FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus texnika va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida avtomobil kanaldan chiqarib olindi.
Avtomobilda haydovchi bilan birga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi boʻlgan. Haydovchi va uning ikki nafar farzandi avtomobil suvga tushgan vaqtda oʻz harakatlari bilan quruqlikka chiqib olgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling