Dekabr oyining ilk kunlarida havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin

29-noyabr — 2-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

29-noyabr — 1-dekabrda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. 30-noyabr — 1-dekabrda ayrim joylarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1-2-dekabrga kelib 3 daraja sovuq, 2 daraja iliqni, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqni, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuqni, kunduz kunlari 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Oʻzbekistonning togʻ oldi va togʻli hududlarida 29-noyabr-1-dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling