Toshkent shahrida 4-aprel kuni 9-aprelga qadar Parlamentlararo ittifoqining 150-yubiley assambleyasi tadbirlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu vaqt ichida poytaxtning markaziy koʻchalarida yuk transport vositalarining harakati toʻliq cheklanadi.
Shu sababli qurilish obyektlarida ogʻir va yengil vaznli barcha toifadagi yuk tashuvchi transport haydovchilari faqat Toshkent halqa avtomobil yoʻlidan harakatlanishlari mumkin boʻladi.
Haydovchilarga oʻz yoʻllarini oldindan rejalashtirishlari tavsiya etilgan.