Tojikistondan kontrabanda qilingan qariyb 27 kg narkotik moddalar aniqlandi

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi, deb xabar berdi DXX.

Maʼlum qilinishicha, 1986 y.t. Tojikiston fuqarosi “o‘zbek-tojik” davlat chegarasini qonunga xilof ravishda buzib o‘tgan vaqtida to‘xtatib qolindi. Unga tegishli sumka ko‘zdan kechirilganda, 15 dona o‘ramdagi jami 14 kg 584 gr “gashish” moddasi borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, ushbu ajal og‘usini buyurtma qilgan shaxsni aniqlash yuzasidan tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada, Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1969 y.t. Bekobod tumanida narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa, Bekobod tumanida yashovchi, 1992 y.t. shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 9 kg 467 gr “opiy” moddasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, tojikistonlik narkokuryer tomonidan Surxondaryo viloyati hududidiga kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgan mazkur ajal og‘usini Denov tumanida yashovchi, 1994 y.t. fuqaro qabul qilib olib, Toshkent viloyatiga olib kelganligi aniqlandi va u ham protsessual tartibda ushlandi.

Qo‘qon shahrida qayd etilgan holatda, “Farg‘ona-Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada unda yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan - Qo‘qon shahrida yashovchi, 1967 y.t. fuqaro o‘zining bel qismiga 1 kg 759 gr “gashish” moddasini yashirib olganligi aniqlandi.

Farg‘ona shahrida kuzatilgan holatda esa, “Farg‘ona-Toshloq” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan, 1995 y.t. shaxs boshqaruvidagi Zaparojes to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 995 gr “gashish” moddasi borligi aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ashyoviy dalil sifatida olingan jami 26 kg 805 gr giyohvandlik vositalari Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling