Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Maʼlum qilinishcha, Beruniy tumanidagi YATT “N.G.” aholiga xizmat koʻrsatish salonida tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga yashirin ulanib, 324,4 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan.
Shuningdek, Oltiariq tumanida “Oʻ.K.” fermer xoʻjaligini boshqarib kelgan Z.U. umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 318,6 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.