Fargʻona shahrida oʻtkazilgan reyd jarayonida qonunbuzilish holati fosh etildi. Bu haqda “Hududgaztaʼminoti” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Universitet koʻchasida joylashgan “Y. X.” MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida tabiiy gazdan foydalanish holati xatlovdan oʻtkazildi.
Oʻrganish jarayonida korxonada nosoz gaz hisoblagich orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.
Holat boʻyicha tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 151 million soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilindi. Barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.