Fargʻona shahrida oʻtkazilgan reyd jarayonida tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanish holati aniqlandi.
Shaharning “Shakarqishloq” MFYda joylashgan issiqxona hech qanday hujjatlarsiz oʻzboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmogʻiga ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy ravishda foydalanib kelgani maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 1,6 mlrd soʻmlik zarar aniqlandi.
Toʻplangan barcha hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling