Fargʻona shahar Oftob koʻchasida joylashgan kompyuter oʻyinlari klubida 7 nafar shaxs oʻzaro baqir-chaqir qilib kompyuter oʻynaganligi uchun klub ish boshqaruvchisi F.X. ularga eʼtiroz bildirgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Natijada oʻzaro kelishmovchilik sababli fuqaro O.V. uning yuz qismiga urib yuborgan va janjalga uning sheriklari ham qoʻshilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar O.V., M.Q. hamda N.M.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Shunigdek, ularning yana uch nafar sheriklariga nisbatan maʼmuriy tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.