Fargʻonadagi sexda sodir boʻlgan yongʻin oqibatida bir kishi vafot etdi

Hozirda yongʻinning kelib chiqishi sababi va zarari aniqlanmoqda

21-dekabr kuni soat 14:13 da Fargʻona shahar “Mustaqillik” MFY Kimyogar koʻchasida joylashgan salidor va litol ishlab chiqarish sexida yongʻin sodir boʻlayotganligi yuzasidan xabar kelib tushgan.

Yongʻin qutqaruvchilar hodisa joyiga 14:21 da yetib borib, 14:24 da oʻrab olinib, 14:32 da yongʻin batamom oʻchirilgan.

Hozirda yongʻinning kelib chiqishi sababi va zarari aniqlanmoqda.

Yongʻin oqibatida bir nafar inson voqea joyida vafot etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling