Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Fargʻona viloyat boshqarmasining 33 yoshli xodimi xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi.
Marhumning yaqinlariga koʻra, bemor vafot etgach, shifokorlar voqea joyidan qochib ketgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Repost.uz'ga bergan maʼlumotiga koʻra, holat yuzasidan Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Tekshirish harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.