Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida gazdan noqonuniy foydalanish aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Tumandagi “G. O. O.” MCHJga qarashli AGTKSHda xatlov o‘tkazilganda, gaz hisoblash uskunasiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a uzilgan.
Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 9 mlrd 757 mln so‘m zarar hisoblandi.
Holatga oid barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.