Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Oybek Elmuratov Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
O.Elmuratov 1999-yilda Toshkent moliya institutini tamomlab, mehnat faoliyatini “Oʻzmilliybank” Loyihani moliyalashtirish markazi mutaxassisi sifatida boshlagan.
U tayinlovga qadar Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling