Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qitʼa futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi oʻtkazilmoqda.
Marosimda Abbos Fayzullayev AFC Awards 2023 Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekistonlik futbolchidan tashqari yaponiyalik Kagu Navata (“Kamigaku U-18”) hamda Janubiy koreyalik Bae Jun Ho (“Stok Siti”) ushbu mukofotga nomzodlar qatorida tilga olingan edi.
Maʼlumot uchun, marosimda yilning eng yaxshi futbolchisi hamda eng yaxshi ayol futbolchi mukofotlaridan tashqari, murabbiylar, aʼzo assotsiatsiyalar va mintaqaviy assotsiatsiyalarining yutuqlari eʼtirof etiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling