Boʻston tumanida “E.O.” fermer xoʻjaligi rahbari D.E. va boshqalar xoʻjalik yer maydonlarini sugʻorish uchun suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 310,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Oqdaryo tumanida “Yangiqoʻrgʻon” MFY hududidagi “X-X.” xususiy korxonasi rahbari J.X. elektr qurilmalarni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 259,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Toʻrtkoʻl tumanida “Shabbaz” OFY hududidagi xonadonda yashovchi fuqaro S.Yu. oʻz uyida gaz hisoblagich uskunasidan tashqari gaz tarmogʻiga yashirincha ulanib, jami 129,4 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling