Samarqandda fuqaro F.O.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro T.Sh. ukasi M.R. rahbarlik qilib kelayotgan Urgut tumanida joylashgan “R.B.N.” fermer xoʻjaligiga qarashli 2,4 gektar sugʻoriladigan yer maydonini 95 ming dollarga sotishga kelishgan.
U kelgusida mansabdor tanishlari orqali hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, oldindan 10 ming dollar olayotgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Bu borada, huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 357 ta jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Tadbirlarda 1 980 gektar yer maydonlarini 14,6 mln dollar va 13,6 mlrd soʻmga sotish holatlariga chek qoʻyilib, 4,3 mln dollar va 9,4 mlrd soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling