Buxoroda 943 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xoʻjaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi

Romitan tumanida joylashgan “A.F.F.” fermer xoʻjaligi masʼullari tomonidan elektr qurilmalarini shartnoma rasmiylashtirmasdan oʻzboshimchalik bilan elektr tarmogʻiga ulangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 943,7 mln soʻmlik zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling