Uchta hududda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.” fermer xoʻjaligi rahbari J.X. dala yer maydonida elektr suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 314,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Yangibozor tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda tumandagi “R.Y.” va “Sh.B.” fermer xoʻjaliklari masʼul shaxslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga ulab, jami 213,4 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Baliqchi tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “X.” fermer xoʻjaligi ish boshqaruvchisi Gʻ.U. 100,1 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling