Bank kartasi bilan bog'liq operatsiyalarda komissiya miqdori mijozlarda turli savollarni keltirib chiqaradi. Nima uchun bu kabi amaliyotlar bepul amalga oshirilmaydi? Komissiya to‘lovining miqdori kim tomonidan va qanday asosda belgilanadi?
Repost TV jamoasi UZCARD va HAYOTBANK ekspertlari bilan O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari, kartalar orqali moliyaviy amaliyotlar qanday amalga oshirilishi, nima uchun bankomatlar ichidagi pullarni o‘g‘irlash imkonsiz ekani, noodatiy to‘lov usullari va boshqa ko‘plab qiziqarli mavzular yuzasidan suhbat uyushtirdi.