Toshkent viloyatida kottej qurishga ruxsatnoma olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Zangiota tumani hududidan kottej qurishga ruxsatnoma olib berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olindi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

“N.K.” MCHJ bosh hisobchisi Sh.T. fuqaro A.I.ga Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi sobiq bolalar oromgohi hududidan tanishlari yordamida 2 ta kottej qurishga ruxsatnoma olib berishi evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling