Jizzax viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar berdi “Hududgaztaʼminot” AJ.
Maʼlum qilinishicha, “Forish” QFYda joylashgan ovqatlanish maskanida hisoblagichdan tashqari rezina shlang orqali gaz tarmog‘iga ulanilgani maʼlum bo‘ldi.
Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, 1 mlrd 418 mln so‘mlik zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Zarbdor tumanining “Oq buloq” MFYda joylashgan taʼlim muassasasida binodagi elektron gaz hisoblash uskunasiga o‘rnatilgan bir martalik tamg‘a qasddan buzilgani aniqlandi.
Holat yuzasidan qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 1 mlrd 411 mln so‘mliklar zarar hisoblandi.
Mazkur holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.