Futbol boʻyicha Oʻzbekiston va Eron oʻyini sabab ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi (xarita)

Cheklov soat 16:00 dan soat 22:00 gacha davom etadi

10-oktyabr kuni, soat 16:00 dan soat 22:00 gacha boʻlgan Chilonzor tumanining ayrim koʻchalarida avtomashinalar harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Bunga Futbol boʻyicha Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida oʻyin oʻtkazilishi sabab boʻladi.

Atomashinalar harakati vaqtinchalik cheklanadigan koʻchalar:

— Bunyodkor ikkinchi darajali koʻchasidan-Choʻponota koʻchasigacha boʻlgan qismi.

“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz va aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling