Toshkent shahrining Mirobod tumanida avtokredit evaziga xarid qilingan avtomashinani sotib yuborish holati aniqlandi.
Fuqarolar S.V. U.D. va A.I. oʻzaro til biriktirib tijorat banki filialidan A.I.ga avtomashina sotib olish uchun ajratilgan kredit mablagʻi evaziga xarid qilingan “Lixiang L9 Max” avtomashinasini garovga taqdim etmasdan, boshqa bir fuqaro A.Z.ga sotib yuborgan.
Oqibatda bank manfaatlariga 587,4 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling