Jizzax viloyatida 1,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya.
Maʼlum qilinishicha, G‘allaorol tumanida joylashgan Ftiziatriya dispanserida mavjud elektron gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta‘sir ko‘rsatilib, gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta‘minoti korxonasiga 1 milliard 535 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.