Taʼmirlash ishlari tufayli Yakkasaroy tumanining ayrim hududlariga 19-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Aholi isteʼmolchilari soni:
“Rakat”, “Shohjahon”, “Belariq” va “Rakatboshi” MFYlaridagi 3860 ta yerli xonadon
“Muhandislar” MFY Sh.Rustaveli va Muhandislar 1-tor koʻchalaridagi 8 ta koʻp qavatli uylardagi 320 ta xonadon
“Tepa” va “Konstitutsiya” MFYlaridagi 14 ta koʻp qavatli uylardagi 460 ta xonadon
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 61 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling