“Oʻzenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan “M.G.” MCHJda gaz hisoblagichiga oʻrnatilgan bir martalik tamgʻa uzilib, 223,3 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Bu kabi holat Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani “Qurama” MFYda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor “B.O.”ga qarashli issiqxona qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm poliyetilen quvur orqali gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib 3,2 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling