Yangihayot tumanida tumangaz taʼminoti boʻlimi mahallada ishlash xizmati ustasi B.R. fuqaro A.A.ning xonadonida tabiiy gaz taʼminotidan 24 mln soʻm qarzdorligini yoʻq qilib berishi evaziga 1 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, “Energosavdo” filiali Andijon boʻlinmasi elektromontyori F.P. norasmiy yordamchisi sifatida ishlatib kelgan tanishi A.A. bilan fuqaro Ya.Yu.ning xonadonida elektr taʼminotidan hisoblangan 5 mln soʻm qarzdorligini yoʻq qilib berishlari evaziga 2,5 mln soʻm pulni olgan vaqtida ushlangan.
Bundan tashqari, Davlatobod tumanida “N.S.T.” MCHJ Yangi Namangan tumani boʻlimi nazoratchisi A.V. fuqaro M.A.ning xonadonida ichimlik suvi taʼminotidan 12 mln soʻm qarzdorligini yoʻq qilib berishi evaziga 2,6 mln soʻm pulni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling