Jarqoʻrgʻon tumanida joylashgan “Y.ADJD.” xususiy korxonasiga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida kompleks oʻlchov quvuriga oʻrnatilgan toraytirish moslamasi davlat standart talablariga mos kelmasligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 2 mlrd 197 mln soʻmlik (845,1 mln metr kub tabiiy gaz) zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling