Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida tumangaz taʼminoti boʻlimi mahallada ishlash xizmati gazchisi S.X. fuqaro M.B.ning xonadonida koʻrik davomida tabiiy gaz taʼminotidan aniqlangan 1,6 mln soʻm zararni 14 mln soʻm ekanligini aytib, goʻyoki ushbu zarar miqdorini kamaytirib berishi evaziga M.B.dan 4,4 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Olmaliq shahar ETK hisobchisi Z.A. fuqaro D.N.ning “Doʻstlik” MFYdagi uyining elektr taʼminotidan 5 mln soʻm qarzdorligini yoʻq qilib berishi evaziga 3 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling