Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi va Pensiya jamgʻarmasiga rahbarlar tayinlandi

Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosarlari ham o'zgardi

Haydarov Abdulaziz Abdulaxadovich — Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.

Bunga qadar u iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Atadjanov Murodbek Bekberganovich esa Pensiya jamgʻarmasi direktori lavozimiga tayinlangan.

U bungacha Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisi edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling