Fargʻona viloyatining Margʻilon shahridagi AGTKSH 456 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” xabar berdi.
Margʻilon shahrida joylashgan “S.F.G” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shahobchasida elektron gaz hisoblagich konfiguratsiyasiga gaz quvuri diametri 100,09 mm boʻlishi oʻrniga 109,09 mm kiritilganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida 456 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling