7-oktyabr kuni soat 14:20 larda Gʻuzor tumani, “Qoratikan” MFY hududidan oʻtuvchi 4R-79 “Qarshi-Chim-Chiroqchi-Shahrisabz” avtomobil yoʻlining 25 kilometrida avariya sodir boʻldi.
Qashqadaryo IIB YHXBning xabar berishicha, haydovchi B.T. boshqaruvida boʻlgan “Mersedes-Benz” rusumli avtomobilini “Chim-Qarshi” yoʻnalishida boshqarib kelib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi Q.S. boshqaruvida boʻlgan “Labo” rusumli avtomobili bilan urilgan.
Natijada “Labo”da boʻlgan 2 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling