Misr hukumati tomonidan O‘zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining 2025-yildagi to‘rtinchi partiyasi Toshkentga yetkazildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Mazkur partiya Sharm-al-Shayxdan Toshkentga olib kelindi. Ushbu partiya umumiy 32 dona qutidan iborat bo‘lib, ular 7680 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositalarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonda gepatit “C”ni 2030-yilga qadar bartaraf etish bo‘yicha milliy dastur ijrosi doirasida dori vositalari SSV huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.