Futbol boʻyicha Fransiya Kubogi 1/32 finalidan oʻrin olgan markaziy bahsda “Lans” klubi “PSJ”ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 66-daqiqasida burchak toʻpidan soʻng Abduqodir Husanov darvozaga zarba berdi. Yoʻl-yoʻlakay toʻp jamoadoshi Nzolaga tegib Safonov qoʻriqlayotgan darvozaga yoʻl oldi. 70-daqiqada Ramush hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan yakunlandi. Penaltilar seriyasida “PSJ” gʻalaba qozondi va 1/16 finalga yoʻl oldi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling